O’zbekiston haqida

Palovning takrorlanmas ta’mi,issiqnonlarningxushbo’yligi, kahrabo novvotning tovlanadiganranglarivao’ziga xos mehmondo’stlik –  O’zbekiston manashunday his-tuygilarniuyg’otadi.

Buyuk tarix va boy madaniyatga ega,yorqin quyoshda yoritilgan va oppoq paxta dalalari bilan to’lib toshganmamlakatyuz yillar oldin eng buyuk imperiyalar, xususan Aleksandr Makedonskiy va Chingizxonimperiyalari tarkibiga kirgan. Qadimgi davrlarda mamlakat orqaliBuyuk Ipak yo’li o’tgan: bu yerda, boylik va madaniyatlar to’qnashgan yo’llarda, bugungi  kungachanoyob me’morchilik go’zalligi bilan o’ziga tortib olgan shaharlar paydo bo’lgan.

Ayni paytda 5 ta qadimiy shahar YuNESKO tomonidan Butunjahon merosi ob’ektlari sifatida muhofaza qilinadi. Masalan, 2500 yildan ziyod tarixga ega bo’lgan Samarqand va Buxoro asosiy sayyohlik maskanlaridir: bu shaharlarning barcha masjidlari, madrasalari, maqbaralari va minoralarini sanashning iloji yo’q. Ularning go’zalligi va o’ziga xosligini ifodalash ham mumkin emas. Bular o’z ko’zingiz bilan ko’rishga arziydi.

Zamonaviy O’zbekiston Respublikasi – jadal rivojlanayotgan mamlakat, 2019 yil ma’lumotlariga ko’ra 34 million aholiga ega. Shu bilan birga, aholining aksariyati qismi 18 yoshgacha bo’lgan yosh avlod vakillaridir.

O’zbekistonning biznes sohasi jadal rivojlanmoqda, chunki mamlakat yangi g’oyalar va investitsiyalar uchun ochiq bo’lib, bu ko’plab yangi loyihalarning paydo bo’lishiga yordam beradi.

Toshkent  Kongresslar markazi – bu O’zbekistonning zamonaviy tarixida mutlaqo boshqa davrni ochib beradigan yangi to’lqinning yorqin na’munasidir.